Prezident raisligida o’zbekiston respublikasi milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay’at yig’ilishi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021-yil 31-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay’at yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarga bag’ishlandi.
Yig’ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni vakillari, hukumat a’zolari, shuningdek, MXX markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Yig’ilishda alohida ta’kidlandiki, hamma zamonda har qanday davlatning eng asosiy vazifalaridan biri shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash bo’lgan va shunday bo’lib qoladi.
Aynan shuning uchun ham O’zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan milliy xavfsizlik masalalari mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo’nalishi etib belgilandi.
Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va qurol-yarog’ vositalarining noqonuniy savdosi kabi transmilliy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda ushbu vazifalarga alohida e’tibor qaratish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O’tgan davrda Milliy xavfsizlik xizmati O’zbekiston suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini saqlash hamda himoya qilish ishlariga salmoqli hissa qo’shgani qayd etildi.
Bu, ayniqsa, bizning yaqin va uzoq yon-atrofimizda ro’y bergan turli inqirozlar, ayrim buzg’unchi kuchlar tomonidan mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinishlar sodir etilgan juda og’ir yillarda yaqqol namoyon bo’ldi.
Shu bilan birga, yig’ilishda Milliy xavfsizlik xizmatining faoliyati xolis baholangan holda, uning ayrim bo’linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilindi. Idoralararo hamkorlik, tezkor va qidiruv tadbirlarini o’tkazish, shuningdek, kadrlar bilan ishlash borasida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar aniq misollar bilan ko’rsatib o’tildi.
Davlatimiz rahbari zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko’rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug’ullanadigan, boshqa davlat tuzilmalari faoliyatini takrorlaydigan bo’linmalarni tugatish, ayni vaqtda milliy xavfsizlikning ustuvor yo’nalishlarini ta’minlaydigan bo’linmalarni mustahkamlash zarurligi ko’rsatib o’tildi.
O’zbekiston taraqqiyotining Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan keng ko’lamli vazifalardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning barcha sohalari davr talabi asosida tubdan isloh etilayotgan yangi sharoitda Milliy xavfsizlik xizmatining yaqin kelajakka mo’ljallangan ustuvor vazifalari belgilab olindi.
Prezidentimiz Milliy xavfsizlik xizmati davlatning huquq-tartibot organlaridan biri sifatida o’zining kundalik faoliyatini mamlakatimizning barcha vazirlik va idoralari uchun asosiy faoliyat mezoniga aylangan «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak», degan tamoyil asosida tashkil etishi zarurligini alohida ta’kidladi.
Joriy yilda O’zbekiston Respublikasining «Milliy xavfsizlik xizmati to’g’risida»gi qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Qonunda MXXning asosiy funktsiya va vazifalari belgilab beriladi va, eng muhimi, uning qabul qilinishi bilan mamlakatimiz huquq-tartibot organlarining vakolat doiralari aniqlashtirib olinadi.
Har qanday jamoa, jumladan, MXX ish faoliyatining samarasi ham kadrlar, birinchi navbatda, uning rahbar xodimlariga, ularning o’z burchiga sadoqati, professional darajasi, mehnatsevarligi va yuksak mas’uliyatiga bog’liq, deb alohida qayd etdi Prezidentimiz.
MXX bo’linmalari o’zining vakolati doirasida xalqimizning muammolarini hal qilishga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish ishlariga yaqindan yordam berishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti MXX o’quv yurtlarining rahbarlari va professor-o’qituvchilariga yosh kadrlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakat qonunchiligi talablariga og’ishmay rioya etish, turli sinovlarga chidamli bo’lish, o’z ustida muntazam ishlash va professional mahoratini uzluksiz oshirib borishga intilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratishni qat’iy vazifa qilib qo’ydi.
Yig’ilishda tashkiliy masala ko’rildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi etib tayinlangani munosabati bilan Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi.
Milliy xavfsizlik xizmati va uning bo’linmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo’yicha mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Manba: president.uz
Xavfsizlikni taminlash usullari, ta`riflari
2. Xavfsizlikni taminlash usullari, ta`riflari Inson mehnat faoliyati jarayonida bo`ladigan fazo – ish joyi (gomosfera), doim mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo`ladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi: a) gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqt bo`yicha ajratib qo`yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, rabotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi; b) xavflarni yo`qotish yo`li bilan noksosferani me`yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va birgalikdagi himoya vositalarini qo`llashi kiradi; d) bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashtirishga, ularni himoyalash darajasini ko`tarishga yo`naltirilgan har xil vositalar va usullar: kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta`sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo`llashni o`z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo`llaniladi. Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalarga, jamoa (JHV) va shaxsiy (SHHV) himoya vositalari kiradi. Ular o`z navbatida xavfsizlikning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko`ra guruhlarga bo`linadi. 3. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari HFX to`g’risida tushuncha. HFX uslubiy va boshqaruv masalalarining xavfsizlik darajasi va «T»ga ob`ektiv ta`siri katta. 1. Boshqarishning tashkiliy ishlarini nazorat qilish va tekshirish tizimini yaratish. 2. Tadbirlarning ta`sir qilishini, foydasini aniqlash. 3. Rag’batlantirish. HFX boshqarilishida inson-muhit tizimi tushuniladi. HFXni boshqarish ob`ektiv xavfli holatdan kam xavfli holatga o`tkazishdir. Bunga iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik shartlariga amal qilinadi. HFXni boshqarish sxemasi 2.3- rasmda keltirilgan. HFX ni boshqarishning vazifalari quyidagilardan iborat: Ob`ekt holatining tahlili va bahosi. 1. Ob`ekt holatining tahlili va hisoboti. 2. Boshqarishning tadbirlari. |
175
3. Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarni tashkil qilish.
3 – ma’ruza. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash
tamoyillari, uslublari.
1. Xavflar va ularning turlari.
2. Xavflarni o`rganish usullari
3. Faoliyat va uni xavfsizligini ta`minlash
1. Xavflar va ularning turlari.
Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar
etkazadigan ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi
oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni
o`z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari
va omillarini nazarda tutadi.
Hayot faoliyatiga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda
biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi — bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi
faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U
faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini
yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan
bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni
tashkil etadi:
— kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi;
— rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga
bo`linadi;
— salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor
harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi;
— xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera,
gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi;
— kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish,
jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi;
— keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa
turlarga bo`linadi;
— namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab
chiqarish va harbiy bo`ladi;
— olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust
(narkotik moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi
sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi.
Xavflar ruyxati – bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar,
atamalardir (o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi,
yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in,
176
zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan
ob`ektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi,
texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.
Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga
qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha,
fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan
sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng
tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib
chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga
oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning
xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak,
faoliyat qanday bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot
faoliyati xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Tavakkal nazariyasi. 1950-yil senyabr’ oyida Germaniyaning Kyoln
shahrida bo`lib o`tgan birinchi jahon kongressida hayot faoliyati xavfsizligi fan
deb qabul qilindi. Olimlar o`z ma`ruzalarida «tavakkal» tushunchasini
qo`lladilar va bu tushunchani har bir olim o`zicha talqin qildi. Masalan,
V.Marshal’ «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» dedi. Miqdoriy baho
kungilsiz hodisalarni aniq bir davr ichida bo`lib o`tgan sonining bo`lishi
mumkin bo`lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani «tavakkali»
deyish mumkin savoliga javob berish kerak.
Tavakkalning turlari. Tavakkal ikki xil bo`ladi: shaxsiy «tavakkal»-
ayrim shaxs uchun aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko`pchilik «tavakkali»- takroriy
hodisalar natijasida jarohatlangan insonlar orasidagi bog’liqlik. Bizda hozircha
ijtimoy «tavakkal» bo`yicha hech qanday ma`lumot yo`q. Xorijda esa alohida
ishlab chiqarish korxonalari, sanoat tarmoqlari, xavf turlari bo`yicha to`liq
ma`lumotlar mavjud.
Jamoat «tavakkali» xavfni sub`ektiv (boshqacha) ravishda qabul etadi.
Odatda ko`pchilik kam uchraydigan va ko`p qurbon bo`lgan voqealarga keskin
ravishda ahamiyat beradi. Masalan, ishlab chiqarishda har yili o`rta hisobda 200-
250 kishi halok bo`ladi. Ammo bir halokatda 5-10 kishi qurbon bo`lgani oldingi
ma`lumotlardan ko`ra odamlarga ko`proq ta`sir qiladi. Kishilarning bu ruhiy
holatini qabul qilishi mumkin bo`lgan «tavakkal» masalasi ko`rilganda hisobga
olish lozim.
Xavflarni baholashda tavakkal («T») usulini qo`llash boshqa usullarga
qaraganda ko`proq to`g’ri keladi, deb hisoblanadi. Masalan, har xil sabablar
natijasida halokatli (o`lim bilan) tugagan ayrim shaxsiy «tavakkal» (AKSH ning
umumiy aholisiga nisbatan) qiymatlari quyidagichadir:
1. Yo`l transporti hodisasidan-3
´
10
-4
.
2. Zaharlanishdan — 2
´
10
-5
.
177
3. YOng’indan kuyish — 4
´
10
-5
.
4. Elektr tokidan — 6
´
10
-5
.
5. YAshindan — 5
´
10
-7
.
6. Ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan — 1
´
10
-5
.
7. Umumiy «T» — 6
´
10
-4
.
8. Boshqalar — 4
´
10
-5
.
2. Xavflarni o`rganish usullari
Xavflarni o`rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam
bilan bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga
keltiradigan qismlarni aniqlash; 3-qadam-tahlilni chegaralash, ya`ni,
tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich-xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va
xavflar daraxtini tuzish. Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi hamda
sabablari hisobga olingan holda tamom bo`ladi (2.2.-rasm).
Uchinchi bosqich—oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu-
xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo`llarini tayyorlash va
asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O`zaro ta`siri
bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi tizim deb
ataladi.
Tizim deganda birgina moddiy ob`ektdan tashqari aloqalar va
bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga
misol bo`lishi mumkin.
Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb
ataladi. Masalan, «Odam-mashina», «odam-mashina-atrof-muhit».
Tizimlash tamoyili hodisalarni o`zaro bog’liq ravishda bir to`plam
tariqasida o`rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi
element deb aytiladi. Masalan, yong’in-yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod,
yondiruvchi. Bu erda yong’in-tizim, yonuvchi modda-oksidlovchi, yondiruvchi-
uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, tizim
buziladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida bo`lmaydi. Bu tizimning muhim
xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari tahlili asosida joylashgan. Ko`ngilsiz
voqealarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan
tadbirlar xavfsizlik tizimi tahlilining asosiy maqsadidir.
Har qanday sabablar natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi.
Sababsiz haqiqiy xavf ham, zarar ham yo`q. Demak, xavfdan saqlanish uning
kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.
Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab-oqibat aloqasi bor.
O`z navbatida bir sabab ikkinchi sababiy oqibatni keltirib chiqaradi va h.k.
SHunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon tizimni yaratadi. Bunday
grafikning tasviri shoxli daraxtga o`xshaydi. Quriladigan daraxtlarda sabab va
xavf shoxlari bor. Ularni o`zaro ajratib tashlash mumkin emas. SHuning uchun
178
xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan tasvirni sabablar va xavflar daraxti deb atash
lozim.
Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko`ngilsiz voqea ro`y berishdan oldin (aprior)
yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo`llaniladigan usul
bevosita yoki aksincha bo`ladi.
Aprior tahlilda shu tizimga xos bo`lishi mumkin bo`lgan (yashirin)
kungilsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar
to`plami tuziladi. Aposterior tahlil esa ko`ngilsiz voqea yuz bergandan so`ng
kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki uchul bir-birini to`ldiradi.
To`g’ri usulda taxrir qilishda oqibatni oldindan kurish uchun sabablar
o`rganiladi. Teskari usulda esa oqibat tahlil kilinib, sabablari aniqlanadi. Bu
usullarning asosiy maqsadi ko`ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqealarni
kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma`lum bo`lsa, vokeaning taxminan qanday
natija bilan tamom bo`lishini aniqlash mumkin.
Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini
aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo`lsa, biror
xavfli hollar yoki omillar etibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o`ta keng
qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo`lishi mumkin.
Tahlil o`tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog’liq. Aniq bir holatda
ogohlantirish yo`li bilan ta`sir qilish mumkin bo`lgan hodisalarni aniqlash
umumiy ish uslubi hisoblanadi.
3. Faoliyat va uni xavfsizligini ta`minlash
«Inson-muhit», «inson-ishlab chiqarish» va boshqa tizimlar murakkab
ko`p tarkibli uyushmalardan (tizimlardan) hisoblanadi. Xavflarni o`rganish va
tahlil jarayonida tarkiblarga ajratiladi (2.4., 2.5.-rasmlar).
2.4.-rasm. Faoliyat modeli: 1-inson; 2-muhit; 3-aks ta`sir qiluvchi
aloqalar.
Inson
Muhit
Salbiy
oqibat
181
3. Tabiat va jamiyatning o`zaro munosabatlarida ekologik aspektlar
4. Tabiatni huquqiy muhofazalash qonunchiligi
Inson evolyutsiyasi jarayonida o`zini oziq-ovqat, moddiy boylikka
bo`lgan ehtiyojlarini samaraliroq qondirish, iqlim va ob-havo ta`siridan
himoyalanish, o`ziga qulaylikni oshirishga intilib tabiiy muhitga, birinchi
o`rinda biosferaga to`xtovsiz ta`sirini o`tkazdi. Bu maqsadga etish uchun u
biosferani bir qismini texnosfera band etgan joyga aylantirdi.
Texnosfera — o`tmishda biosferaga taalluqli bo`lgan keyinchalik insonlar
tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida
to`g’ridan-to`g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta`sir etgan hududdir.
Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan
shaharlar, qo`rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band
etgan hududlar hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy
muhit deb ataluvchi odamlar ommasi bilan ham uzluksiz aloqada bo`ladi.
Insonni ijtimoiy muhit bilan aloqasi tug’ilishni davom ettirishda, bilim va
tajribalar almashishda, ma`naviy ehtiyojlarini qondirishda, intellektual
qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari
(biosfera, texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. YA`ni,
inson tabiiy atrof-muhitga uzluksiz ta`sir etsa, o`z navbatida biosfera va
insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy
faoliyatining mahsuli bo`lgan texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga
to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan doimiy ta`sir etadi. YUqorida qayd etilganlar
asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. zamonaviy inson uni o`rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari
ya`ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o`zaro
ta`sirda bo`ladi;
2. XIX asr oxiridan boshlab XX asr davomida va hozirgi davrda ham
texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson
faoliyati orqali o`zlashtirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir;
3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o`zgartirish hisobiga amalga
oshmoqda.
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalishi bilan
birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan
omillar soni ham ortib bormoqda. Ma`lum sharoitda ularni insonlarning ruhiy
holatiga, sog’ligiga salbiy ta`sirini ko`rsatishi hammaga ma`lum. SHu sababli
insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki,
yashash joyida, yo`lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini,
mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish
masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir.
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyati xavfsizligi
fanining o`rni, uning nazariy ma`lumotlari bilan bo`lajak mutaxassislarni
182
qurollantirish, muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga
yordam beradi.
2. Atrof-muhit muhofazasinipg ekologik asoslari
Mustaqil O`zbekiston Respublikasining rivojlanish sharoitida atrof-muhitni
muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish zamonaviy dolzarb
muammolardan biriga aylandi. Bizning davlatimiz uchun milliy xavfsizlik
masalalari ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari
bilan bevosita bog`liq ekanligini I.A.Karimov o`zining «O`zbekiston XXI asr
bo`sag`asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
asarida chuqur tahlil qilib o`tgan. Tabiatni muhofaza qilish, odam faoliyatining
tabiatga salbiy ta`sirini ogohlantirish, binobarin, qonunshunoslik, tashkiliy,
sanitar-gigienik, muhandis-texnik va boshqa biologik sistemalarga antropogen
ta`sirni kamaytirish yoki ogohlantirish tadbirlari tuzishdan iborat.
Mavjud sharoit tanlangan yangilanish yo`lining oddiy emasligini, katta
muammolar, qiyinchiliklar yo`li ekanligini ko`rsatadi. O`zbekistonda yashab
turgan barcha xalqlarning hayotiy sharoitlarini ta`minlashga qaratilgan maqsad
va vazifalar qanday hal etiladi? Va eng dolzarb qiyin masalalardan biri bo`lgan
barqarorlik va xavfsizligimizga bo`lgan taxdidni etarlicha tushunib
etayapmizmi? Bu tahdidlarga qarshi nima qo`ya olamiz, jamiyatimizning izchil
rivojlanishi va barqarorlik sharti bo`lib nima xizmat qila oladi?
Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko`rib chiqar ekanmiz,
ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida
e`tiborga molikdir. Ochiq e`tirof etish kerakki, uzoq yillar mobaynida eski
ma`muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jiddiy
shug`ullanilmagan. Aniqrog`i, bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina
tadqiqot manbai, o`z mamlakatlarining kelajagiga, tabiiy boyliklari saqlanib
qolishiga befarq qaramagan, bu xaqda qattiq tashvish chekkan odamlarning esa
«qalb nidosi» bo`lib kelgan.
Biroq, ularning vijdoniga, fuqarolik burchiga, nixoyat, aql-idrokiga
da`vatlari to`ralashib ketgan sovet-partiya amaldorlarining sovuq, hatto aytish
mumkinki, surbetlarcha loqaydligiga duch kelavergan. Bunga ajablanmasa ham
bo`laveradi. Tabiiy va mineral xom-ashyo zaxiralaridan vaxshiylarcha, ekstensiv
usulda, juda katta xarajatlar va isrofgarchilik bilan foydalanishga asoslangan
sotsialistik xo`jalik yuritish tizimining butun mohiyatiga mamlakat ixtiyoridagi
beqiyos boyliklarga avaylab munosabatda boo`lish g`oyasi butunlay yot edi.
Aksincha, boyliklardan bunday foydalanish ikki tuzumning iqtisodiy
musobaqasida mamlakatning asosiy dastagi, eksport imkoniyatlarining negizi
bo`lib keldi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstensiv omillarga qaratilgan
edi. Tabiiyki, bunday sharoitda yashirin boyliklardan oqilona foydalanishni
tartibga soladigan, tabiatning, atrof-muhitning himoya qilinishini
kafolatlaydigan biron-bir me`yorlar va qoidalarga rioya qilish haqida gap
183
bo`lishi mumkin ham emas edi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas
darajada kam mablag` ajratilar edi.
Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda
katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish
o`z-o`zini o`limga maxkum etish bilan barobardir. Afsuski, hali ko`plar ushbu
muammoga beparvolik va mas`uliyatsizlik bilan munosabatda bo`lmoqdalar.
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy
doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va
inson o`zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo`ladi. Bu
qonuniyatlarni buzish o`nglab bo`lmas ekologik falokatlarga olib keladi.
Afsuski, bu jarayonlar O`zbekistonni ham chetlab o`tmaydi. Bu erda
mutaxassislarning baholashicha, juda murakkab, aytish mumkinki, xavfli vaziyat
vujudga kelmoqda. Bunday vaziyat nimalardan iborat:
Do’stlaringiz bilan baham:
§
Birinchidan, erning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog`liq xavf to`xtovsiz ortib bormoqda. Markaziy Osiyo sharoitida er Olloh taoloning bebaho in`omidir. U tom ma`noda odamlarni boqadi, kiyintiradi. Bevosita dehqonchilik bilan bog`langan oilalardagina emas, balki ma`lum bir tarzda qishloq xo`jaligi bilan aloqador barcha tarmoqlar va uning ne`matlaridan baxramand bo`layotgan farovon turmush kechirishi uchun moddiy negiz yaratadi. Ayni vaqtda er ulkan boylik bo`libgina qolmay, mamlakatning kelajagini belgilab beradigan omil hamdir. Bu hol O`zbekistonda ayniqsa yaqqol namoyon bo`lmokda, chunki erning iqtisodiy va demografik vazifasi yildan- yilga kuchayib bormoqda. Respublikaning 447,4 ming km2 dan ortiq bo`lgan umumiy maydonining atigi 10% gina ekin maydonlarini tashkil qiladi. Ayni chog`da O`zbekistonni egallab turgan maydonining ancha qismini qoraqum, qizilqum, Ustyurt kabi cho`l va yarim cho`l erlar tashkil etadi. Ayniqsa, qishloq xo`jalik maqsadlarida foydalanilayotgan er maydonlariga to`g`ri keladigan demografik yuk hozirning o`zidayoq salmoqli. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O`zbekistonda aholining zichligi ayniqsa yuqori bo`lib, 1 km2 ga 51,4 kishi to`g`ri keladi, holbuki bu raqam Qozog`istonda — 6,1, Qirg`izistonda – 9,4 ni tashkil etadi. Respublikamizda har bir odamga 0,17 gektar ekin maydoni to`g`ri kelsa, Qozog`istonda — 1,54, Qirg`izistonda — 0,26, Ukrainada — 0,59, Rossiyada — 0,67 gektar ekin maydoni to`g`ri keladi. Barcha aholining yarmidan ko`prog`i qishloq joylarida yashayotganligini hisobga olsak, dadil aytish mumkinki, bizning qishloqlarimizda insoniy zaxiralarning nisbiy ortiqligi emas, balki mutloq ortiqligi yaqqol ko`zga tashlanadi. Bizda aholining o`sishi nisbatan yuqori bo`lib, urbanizatsiya va hosildor erlarni shaharlarning rivojlanishiga, uy-joy qurilishi, yangi korxonalar, muhandislik hamda transport kommunikatsiyalari tarmog`ini barpo etishga ajratib berish jarayonlari jadal bormoqda. SHuni hisobga olsak, yaqin yillar ichida, hatto XXI — asrda er zaxiralari bilan ta`minlanish muammosi yanada keskinlashishi mumkin. |
184
Erlarning tabiiy ravishda cho`lga aylanishi yuqori darajada borayotganligi
etmaganidek, odamlarning munosabati tufayli cho`lga aylanib borish jarayoni
shiddat bilan davom etayotganligi bu muammoni yanada kuchaytirmoqda. Ayni
chog`da tabiiy muhitning yomonlashuvi bilan birga, tuproq nurashi, sho`rlanishi,
er osti va er usti suvlarining sathi pasayishi va boshqa hodisalar ro`y bermoqda.
Erlarning nihoyat darajada sho`rlanganligi O`zbekiston uchun ulkan
ekologik muammodir. Erlarni ommaviy suratda o`zlashtirish, xatto sho`rlangan
va melioratsiyaga yaroqsiz yirik-yirik, yaxlit maydonlarni ishga solinishi ana
shunga olib keldi. So`nggi 50 yil mobaynida sug`oriladigan er maydoni 2,46
mln. gektardan 4,28 mln gektarga etgan. Faqat 1975-1985 yillar mobaynida 1
mln. gektarga yaqin ermaydonlari o`zlashtirilgan. 1990 yilga kelib
sug`oriladigan er maydoni 1985 yildagiga qaraganda 1,5 barobar ko`paygan.
Ekin maydonlari tarkibida so`nggi vaqtlarga (1990 yilga) qadar paxta
deyarli 75% maydonni egallagan edi. Dunyoning birorta ham mamlakatida paxta
monopoliyasi deyarli bu qadar yuqori darajaga ko`tarilmagandi. Bu hol erning
kuchsizlanishiga, tuproq unumdorligi pasayishiga, uning suv-fizikaviy xossalari
yomonlashuviga, tuproqning buzilishi va nurlanish jarayonlari ortishiga olib
keladi.
O`zbekistonda noorganik mineral o`g`itlar, gerbetsidlar va pestitsidlar
qo`llanilishi eng yuqori me`yorlardan ham o`nlab barobar ortiq edi. Ular
tuproqni, daryo, ko`l, er osti va ichimlik suvlarni ifloslantirdi. Bundan tashqari,
yangi erlardan foydalanishda zarur texnologiyalarga rioya qilinmadi. Hamma
joyda paxta nazoratsiz sug`orildi. Tuproqning nami ko`payib ketdi. Bu esa uning
qayta sho`rlanishiga olib keldi.
Tuproqning har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan shiddatli
ifloslanishi real taxdid tug`dirmoqda. Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar
va mineral o`g`itlar, sanoat va qurilish materiallarini saqlash, tashish va ulardan
foydalanish qoidalarining qo`pol ravishda buzilishi erning ifloslanishiga olib
kelmoqda. Undan samarali foydalanish imkoniyatlari cheklanmoqda.
Foydali qazilmalarni jadal qazib olish, ko`pincha ularni qayta ishlashning
texnologik sxemalari nomukammalligi ko`p miqdorda ag`darmalar, kul, shlak va
boshqa moddalar to`planib qolishiga olib kelmoqda. Bular dehqonchilik uchun
yaroqli bo`lgan erlarni egallabgina qolmay, balki tuproqni, er osti va er usti
suvlarini, atmosfera havosini ifloslantirish manbalariga ham aylanmoqda.
Respublika zararli chiqindilardan foydalanish sanoati esa hozircha yaratilgan
emas.
O`zbekiston hududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 230 dan
ortiq shahar va qishloq axlatxonalari mavjud. Ularga taxminan 30 mln. m3 axlat
to`planadi. Ular asosan stixiyali ravishda, jo`g`rofiy, geologik-gidrogeologik va
boshqa shart-sharoitlarni kompleks o`rganmay turib tashkil etilgan. Ularga
qattiq maishiy chiqindilarni zararsizlantirish va ko`mib tashlash ibtidoiy usullar
bilan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, respublikaning yirik shaharlarida maishiy
chiqindilarni ishlatish va zararsizlantirish sohasida murakkab vaziyat vujudga
185
kelgan. Respublikada hali-hanuz maishiy chiqindilarni sanoat usulida qayta
ishlash masalasi xal qilinmagan. YAgona Toshkent maishiy chiqindilar tajriba
zavodi 1991 yildagina ishlay boshladi.
Radioaktiv ifloslanish, ayniqsa katta xavf tug`dirmoqda. Maylisoy suv
(Qirg`iziston) omborining qirqoqlari yoqasida 1944 yildan boshlab to 1964
yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko`milgan. Hozirgi vaqtda
qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu erlarda selni to`sadigan to`g`onlarni
mahkamlash hamda ko`chki xavfi bo`lgan joylardagi qiyaliklarning
mustahkamligini ta`minlash lozim.
Navoiy viloyatidagi saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli
ifloslantirish o`chog`i hisoblanadi. Bu erdagi radioaktiv qumni shamol uchirish
xavfi bor.
Shu sababli O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilishdagi g`oyat muhim
vazifa erlarning holatini yaxshilashdan, tuproqning ifloslanishini kamaytirish
bo`yicha chora-tadbirlar majmuyini amalga oshirishdan iborat. Bu o`rinda gap
avvalo tabiiy zaxiralardan foydalanishni tubdan yaxshilash haqida bormoqda.
Ikkinchidan, O`zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtayi nazaridan
qaraganda, suv zaxiralarining, shu jumladan er usti va er osti suvlarining keskin
taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug`dirmoqda. Respublikaning
daryolari, kanallari, suv omborlari va xatto er osti suvlari ham har taraflama
inson faoliyati ta`siriga uchramoqda.
Sug`oriladigan hududlarda suv tabiatning bebaho in`omidir. Butun hayot
suv bilan bog`liq. Zotan, suv tamom bo`lgan joyda hayot ham tugaydi. SHunday
bo`lsa-da, Markaziy Osiyo suv zaxiralari juda cheklangan. Yiliga 78 km3 suv
keltiradigan Amudaryo va 36 km3 suv keltiradigan Sirdaryo asosiy suv
manbaalaridir. Hozirgi vaqtda xalq xo`jaligida Orol dengizi havzasining barcha
suv zaxiralaridan to`la-to`kis foydalanilmoqda.
Suv zaxiralarining sifati eng muhim muammolardan biridir. 60-yillardan
boshlab Markaziy Osiyoda yangi erlar keng ko`lamda o`zlashtirildi. Sanoat,
chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi.
Kollektor zovur tizimlari qurildi hamda daryo suvlari sug`orish uchun mutlassil
yuqori hajmlarda olindi. SHu bois havzalardagi suvning sifati tobora
yomonlasha bordi.
Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya-gigiyena va sanitariya-
epidemiologiya vaziyatini, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida
yomonlashtirmoqda. Ikkinchi tomondan, daryo suvlari tarkibida tuzlarning
mavjudligi, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning deltalarida
tuproqning sho`rlanishini kuchaytirmoqda. Bu esa qo`shimcha melioratsiya
ishlarini amalga oshirishda, zovur tizimlarini barpo etish va tuproq, sho`rini
yuvishda yaqqol sezilmoqda.
O`zbekiston va qo`shni mintaqalar sharoitida aholini sifatli ichimlik suvi
bilan ta`minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Aholi punktlarini odatdagi
vodoprovod suvi bilan ta`minlash ko`rsatkichi respublikada faqat keyingi besh
186
yillikning o`zida taxminan 1,5 barobar ortdi. SHunga qaramay, ushbu muammo
dolzarbligicha qolmoqda. Ichimlik suv ta`minoti manbaalarining ifloslanishi
Respublikada, Orol bo`yicha kasallikka chalinishning yuqori darajasiga sabab
bo`lmoqda.
Uchinchidan, Orol dengizining qurib borish xavfi g`oyat keskin muammo,
aytish mumkinki, milliy kulfat bo`lib qoldi. Orol dengizi muammosi uzoq,
o`tmishga borib taqaladi. Lekin bu muammo so`nggi o`n yilliklar mobaynida
xavfli darajada ortdi. Markaziy Osiyoning butun hududi bo`ylab sug`orish
tizimlarini jadal sur`atda qurish ko`plab aholi punktlariga va sanoat
korxonalariga suv berish barobarida keng ko`lamdagi fojia — Orol halok
bo`lishining sababiga ham aylandi.
Yaqin-yaqinlargacha cho`lu-saxrolardan tortib olingan va sug`orilgan erlar
haqida dabdaba bilan so`zlanardi. Ayni chog`da ana shu suv Oroldan tortib
olinganligi, uni «jonsizlantirib qo`yilganligi» xayolga kelmasdi, endilikda Orol
bo`yi ekologik kulfat hududiga aylandi.
Orol tangligi insoniyat tarihida eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan
biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 mln. kishi uning ta`sirida qoldi.
Biz 20-25 yil mobaynida Jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining
yo`qolib borishiga guvoh bo`lmoqdamiz. Biroq, bir avlodning ko`z o`ngida
butun bir dengiz halok bo`lgan hol hali ro`y bergan emas edi. 1911-1962
yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada bo`lib, 53,4 m ni, suvning
hajmi 1064 km3 ni, suvning yuzasi 66 ming km2 ni va minerallashuv darajasi
bir litr suvda 10-11 grammni tashkil etgan edi. Dengiz transport, baliq xo`jaligi,
iqlim sharoiti jihatidan katta ahamiyatga ega bo`lgan. Unga Sirdaryo va
Amudaryodan har yili deyarli 56 km3 suv kelib quyilar edi.
1994 yilga kelib Orol dengizidagi suvning satxi 32,5 metrga, suv hajmi 400
km3 dan kamroqga, suv yuzasining maydoni esa 32,5 km2 ga tushib qoldi,
suvning minerallashuvi ikki baravar ortdi.
Orolning sathi 20 metr pasayishi natijasida u endi yaxlit dengiz emas, balki
ikkita qoldiq ko`lga aylanib qoldi. Uning sohillari 60-80 km ga chekindi.
Amudaryo bilan Sirdaryoning deltalari jadal sur`atlar bilan buzilib bormoqda.
Dengizning suv qochgan tubi 4 mln. gektardan ortiqroq maydonda ko`rinib
qoldi. Natijada yana bitta «qo`lbola» qumli-sho`rhoq sahroga ega bo`ldiq.
Shamol Orol dengizining qurib qolgan tubidan tuz va chang-tuzonni yuzlab km
larga uchirib ketmoqda.
Orol dengizining qurib borishi va shu jarayon tufayli orol bo`yi
mintaqasidagi tabiiy muhitning buzilishi ekologik fojia sifatida baholanmoqda.
Chang va tuz bo`ronlarining paydo bo`lishi, faqat Orol bo`yida emas, balki
dengizdan ancha naridagi bepoyon hududlarda erlarning cho`lga aylanishi, iqlim
landshaftning o`zgarishi bular ana shu fojia oqibatlarining to`liq bo`lmagan
ro`yxatidir.
187
Orol bo`yida dengizning qurib borishi munosabati bilan xalqaro, keng
ko`lamli ahamiyatga molik bo`lgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik
muammolarning murakkab majmui vujudga keldi.
Orol dengizining qurib borishi va mintaqaning cho`lga aylanishi bilan
bog`liq ekologik fojia bu havzada yashayotgan barcha xalqlarning dard alamidir.
Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining 1993 yil mart oyida qizil o`rdada
bo`lib o`tgan uchrushuvi ana shu muammolarni xal qilish yo`lidagi turtki bo`ldi.
Bu uchrashuvda Orol dengizi tangligini xal etish yuzasidan birgalikda harakat
qilish to`g`risida bitim imzolandi. Orol dengizi muammolari bo`yicha
Davlatlararo Kengash va uning ishchi organi — Ijroiya qo`mitasi, shuningdek,
Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Markaziy Osiyo Respublikalari
davlat boshliqlarining 1994 yil yanvarida Nukus shahrida bo`lib o`tgan ikkinchi
uchrashuvida Orol dengizi havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan
yaqin uch-besh yilga mo`ljallangan, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning aniq harakatlar dasturi tasdiqlandi. 1994 yil mart oyida
Toshxovuzda bo`lgan uchinchi uchrashuvda Davlatlararo Kengashning ushbu
dasturining bajarilishi haqidagi hisoboti tinglandi.
Orol muammosining butun keskinligini uni saqlab qolish yuzasidan
kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar ko`rish zarurligini tushungan holda,
Markaziy Osiyo va mintaqaning ilmiy jamoatchiligi, xalqaro tashkilotlari 1995
yil 20 sentabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro
tashkilotlarining Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish muammosi
bo`yicha Deklaratsiyasini qabul qildilar. Deklaratsiya barqaror rivojlanish
qoidalariga qat`iy amal qilishni nazarda tutadi va e`tiborni quyidagi g`oyat
muhim muammolarni hal qilishga qaratadi:
-qishloq va o`rmon xo`jaligining yanada muvozanatli va ilmiy asoslangan
tizimiga o`tish;
-suv zaxiralaridan foydalanishning tejamli usullarini ishlab chiqish,
sug`orishda va atrof-muhitni muhofaza qilishda takomillashgan texnologiyalarni
qo`llash vositasida irrigatsiyaning samaradorligini oshirish;
-mintaqaning tabiiy zaxiralarini boshqarish tizimini takomillashtirish.
Pirovard natijada Orol tangligi barqaror rivojlanish, bu mintaqada
yashayotgan odamlarning turmush darajasining pasayib ketishiga yo`l
qo`ymaslik, kelajakda yosh avlod uchun munosib turmushni ta`minlash
tamoyillari asosida hal qilish bo`yicha uzoq muddatli strategiya va dasturni
ishlab chiqish hamda ro`yobga chiqarish zarur.
To`rtinchidan, havo bo`shlig`ining ifloslanishi ham Respublikada
ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir.
Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda, har yili Respublikaning
atmosfera havosiga 4 mln. tonnaga yaqin zararli moddalar qo`shilmoqda.
SHularning yarmi uglerod oksidiga, 15 foizi uglevodorod chiqindilari, 14 foizi
oltingugurt qo`sh oksidi, 9 foizi azot oksidi, 8 foizi qattiq moddalar va 4 foiziga
yaqini o`ziga xos o`tkir zaharli moddalarga to`g`ri keladi.
188
Atmosferada uglerod yig`indisining ko`payib borishi natijasida o`ziga xos
keng ko`lamdagi issiqxona effekti vujudga keladi. Oqibatda er havosining
o`rtacha harorati ortib ketadi.
Arid mintaqasida joylashgan O`zbckiston Respublikasida tez-tez chang
bo`ronlarini qo`zg`atib turuvchi, atmosferani chang-to`zonga bulg`atuvchi
Qoraqum va Qizilqum sahrolaridek yirik tabiiy manbaalar mavjud. So`ngi o`n
yilliklar mobaynida Orol dengizining qurib borishi tufayli chang va tuz
ko`chadigan yana bir tabiiy manba paydo bo`ldi.
80-yillarning boshlarida qo`shni Tojikiston alyuminiy zavodi ishga
tushirilishi munosabati bilan O`zbekistoning Surxondaryo viloyatiga qarashli
ko`plab tumanlarida ekologik jihatdan tang ahvol vujudga keldi. Zavod
atmosferaga ko`p miqdorda ftorli vodorod, uglerod oksidi, oltingugurt gazi, azot
oksidlari chiqarib tashlamoqda. Vodiyning yuqori qismida, Tojikistonning
O`zbckiston bilan chegarasida joylashgan zavodning chiqindilari tog`dan vodiy
tomonga esadigan shamol bilan undan uzoqlarga, asosan Respublikaning
chegaradosh tumanlari — Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Denov,
Oltinsoy tumanlari hududiga tarqalmoqda.
3. Tabiat va jamiyatning o`zaro munosabatlarida
ekologik aspektlar
Ekologiyaga solinayotgan xavf O`zbekiston uchun, umuman butun
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun naqadar yuqori ekanligini hisobga olgan holda
hukumat va davlat atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy zaxiralardan oqilona
foydalanish masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Atrof-muhitni muhofaza
qilishni ta`minlashga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilindi. O`zbekiston
Respublikasining tabiatini muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlar boshqa
davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish
ishi bilan qo`shib olib borilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan
oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga soluvchi ko`plab xilma-xil
xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi.
O`zbekiston MDX davlat boshliqlarining 1992 yil 8 fevralda imzolagan
bitimiga muvofiq Kengashning to`la huquqli a`zosidir. MDX davlatlarining ana
shu ekologiya Kengashi doirasidagi hamkorligi a`zo davlatlarning atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasida kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan harakatlar qilish
maqsadini ko`zlaydi.
Hozirgi paytda Respublikada istiqbolga, yani atrof-muhitni muhofaza qilish
va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish bo`yicha 2005 yilgacha mo`ljallangan
Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza
qilish sohasidagi butun faoliyati ana shu dastur asosida tashkil etilgan. Dasturda
Respublika ekologik vaziyatini sog`lomlashtirish, yirik shaharlar va shahar
aglomeratsiyalari kabilarda ekologik keskinlikka barham berish yo`llari
belgilangan.
189
Ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo`nalishlari
quyidagilardan iborat:
1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish. Qishloq o`rmon
va boshqa xo`jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib
keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo`llash ustidan qattiq nazorat
o`rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki
salbiy ta`sir etadigan moddalar bilan ifloslantirilishini to`xtatish. Qishloq
xo`jalik ekinlarini, eng avvalo, g`o`zani sug`orishda suvni tejaydigan
texnologiyalarni keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. Kollektor zovur
suvlarini daryolar va suv omborlariga tashlashni tartibga solish va oqava
suvlarni chiqarib yuborishni batamom to`xtatish zarur.
Sanoat korxonalarida atmosferaga, suv havzalariga va tuproqqa
ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan
maxsus soliqdan keng foydalangan holda mas`uliyatni oshirish darkor. Ularda
zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak.
Boshlang`ich xom-ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olgunga qadar kompleks
foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali
uskunalarni o`rnatish lozim.
2. Qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda
kengayishini ta`minlangan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat`iy
mezon asosida is`temol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan
oqilona foydalanish darkor.
Respublikaning foydali qazilmalaridan oqilona foydalanish — dolzarb
masala. U atrof-muhitni muhofaza qilishning bosh omilaridan biridir. Foydali
qazilmalarni olish va qayta ishlash chog`ida katta isrofgarchiliklarga yo`l
qo`yilmoqda. Boshlang`ich xom ashyodan to`liq foydalanmaslik hollari mavjud,
eskirgan uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim
tsexlar, uchastkalar va butun boshli zavodlarni rekonstruktsiyalash asosida
foydali qazilmalarni sanoat usulida yanada to`liq va oqilona qazib olish muhim
vazifa bo`lib turibdi. Atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan
qaraganda, tog`-kon sanoatining chiqindilarini o`zlashtirishni yanada
kengaytirish hamda buzilgan erlarni qayta yaroqli holga keltirish muhim
ahamiyatga ega bo`ladi.
3. Katta hududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va
kompleks foydalanishni ta`minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan,
ilmiy asoslangan tarzda o`zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda
suvlarni bir havzadan ikkinchisiga tashlash, erning namini qochirish, suv
chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish) lozim.
4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va
hayvonlarning yangi turlarini ko`paytirish hisobiga boshlang`ich baza sifatida
saqlab qolish kerak.
5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi
zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini
190
joriy etish yo`li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi
uchun qulay sharoit yaratish zarur.
6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda Jahon
jamoatchiligi e`tiborini mintaqaning muammolariga qaratish lozim. Orol
muammosi bugungi kunda chinakam keng ko`lamli, butun sayyoramizga
daxldor muammo bo`lib qolganligining ta`siri hozirning o`zidayoq biologik
muvozanatni buzayotganligini, benpoyon hududlarda aholining genofondiga
halokatli ta`sir ko`rsatayotganligini nazarda tutish lozim.
Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana
shu muammolarni xal qilishga jalb etish -birinchi darajali vazifalardir.
Atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi yuqorida tilga olingan ta`sirchan
chora-tadbirlarni ro`yobga chiqarish yaqin vaqt ichidayoq oldingi tizimlardan
yosh Respublikaga meros bo`lib qolgan ekologiya sohasidagi ko`pgina illatlar,
kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
SHuningdek, keng ko`lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham toptirish,
Respublika aholisi uchun, jismonan sog`lom yosh avlodning dunyoga kelishi va
rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologiya jihatidan musaffo
hayotiy muhit yaratish imkonini beradi.
4. Tabiatni huquqiy muhofazalash qonunchiligi
XXI asrda insoniyat oldida o`ta muhim va ulkan muammolar paydo
bo`ladi. Erda hayotning bo`lishi ularni xal qilishga bog`liq. Bu muammolar
tabiiy muhitning o`zgarishi, biosferaning ifloslanishi, xom ashyo, energetika va
oziq-ovqatlar krizislari bilan boliq.
O`zining yashashi uchun tabiiy muhitga moslashadigan hayvonlardan farqli
o`laroq, inson o`zining yashashi uchun tabiatga faol aralashib, muhitni
o`zgartiradi va u bilan munosabatda bo`lish uchun yangi shakllarni yaratadi.
O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish jamiyati 1962 yil mart oyida tashkil
etilgan. Surxondaryo viloyat bo`limi 10 avgust 1962 yilda tuzilgan. 1978 yilda
Gidrometeorologiya va tabiiy muhit nazorati Davlat qo`mitasi tuzilgan. 1990 yil
20 iyunda O`zbekiston tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga aylantirildi.
Agar erda odamlar soni bir necha million miqdorda qolsa edi, ularning
yashashi uchun tabiatga ko`rsatgan zarari ham kam ta`sir qilgan bo`lardi. Biroq,
bizning planetamizda eramizning uchinchi ming yilligiga aholining o`sishi
demografik portlash darajasiga keldi: eramizdan avval 3.10.3 kishi bo`lgan
bo`lsa, XII asrda 600X10.6 kishi 1976 yilda 4×10.9 kishi, 2000 yilga 6.10.9
kishi bo`ldi. Bunday holat kishilik jamiyatining yashash sharoitini va tabiatni
o`zgartirishga keskin turtki bo`ladi.
Aholisi 1 mln. kishi bo`lgan zamonaviy shaharning massa va energiya
almashinuvini ko`rib chiqamiz. SHaharning sutkalik umumiy chiqindisi 1000
tonnani, yiliga 183.10.6 tonnani tashkil etadi. Aholisi 3.10.6 va 11.10.6 kishi
bo`lgan shaharlar ham bor. SHaharlarning ko`payishi va doimiy o`sib boruvchi
shaharlar aholisi insoniyat va tabiat o`rtasidagi qarama-qarshilikning
191
chuqurlashishiga olib keladi. Bu xavfsirashlar xom-ashyo (oxirgi 25 yilda
odamlar butun insoniyat tarixi davomida ishlatilgan xom-ashyo miqdoriga teng
xom ashyodan foydalanilgan), energetik resurslar (neft va gaz tugash arafasida,
dunyoning yirik daryolarida qurilgan elektrostansiyalar energiyaga bo`lgan
extiyojni qondira olmaydi), oziq-ovqat mahsulotlari (masalan, oxirgi 100 yil
ichida er aholisi 2,6 marta, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi-atigi 2,2 marta
oshdi, er sharida 500.10.6 kishi, shu jumladan 200.10.6 bola ochlikda kun
kechiradi) tanqisligi bilan asoslangan.
Erda inson hukmronlik qilgan davrdan beri kishilarning nafas olishi uchun
zarur bo`lgan kislorod ajratib chiqaradigan erning «o`pkasi» hisoblangan
o`rmonning 2/3 qismi nobud qilindi. 200 turdagi hayvonlar va parrandalar qirib
tashlandi, qishloq xo`jaligi uchun yaroqli bo`lgan 20% er maydoni erroziyaga
duchor bo`ldi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mineral va energetik resurslar,
chuchuk suv va havoda kislorod tanqisligi sezilmoqda. Sanoat va transportning,
energetikaning rivojlanishi, qishloq xo`jaligini sanoat asosiga o`tkazish va
kimyolashtirish atrof-muhitni yangi, ilgari noma`lum bo`lgan moddalar bilan
ifloslanishiga olib keladi. Bularning hammasi insonning, uning yashash muhiti
bilan vujudga kelgan ekologik aloqasining buzilishi xavfini tug`diradi.
Huquqni saqlash chegaralari ichki va tashqiga bo`linadi. Huquqiy
himoyalashning ichki chegaralari tabiiy dunyodan ijtimoiy dunyoga o`tgan
tabiat elementlariga: foydali qazilmalar, suv havzalaridan olingan suv, qazilgan
tuproq, otilgan hayvonlar, qushlar va boshqalar. SHu obektlar uchun insonning
tabiat bilan aloqasi uziladi, ularni tovar moddiy boyliklarga o`tkazadi.
Huquqiy himoyaning tashqi chegaralari odamlar yashaydigan er tabiati, shu
jumladan o`zida erning ta`sirini sezadigan va odamning yashash muhiti holatiga
ta`sir ko`rsatadigan (masalan, erning sun`iy yo`ldoshlarini, kosmik havo
kemalarini uchirish paytidagi hodisalar) er atrofidagi bo`shliqni tashkil etadi.
Huquqiy himoyalashning tabiiy obektlari milliy, xalqaro, regional va
globalga bo`linadi.
Tabiatni saqlash qonunchiligiga asosan saqlashning tabiiy obektlariga er,
uning boyliklari, suv, o`rmon, hayvonot dunyosi, atmosfera havosi kiradi.
Bularning hammasi inson yashashi uchun tabiiy muhit bo`lgan biosferani tashkil
etadi.
O`zbekistonda atrof-muhitni himoya qilishning huquqiy asoslari-tabiatni
saqlash huquqiy me`yorlaridan, ya`ni qonunlardan va qonun moxiyatiga ega
bo`lgan aktlardan iborat.
Atrof muhit holati yangi texnologiyalar va mashinalar yaratuvchilaridan
ekologiya masalalariga e`tiborni talab qiladi. Har qanday texnik echim texnik va
iqtisodiy shartlarnigina emas, balki ekologik aspektlarni ham hisobga olgan
holda qabul qilinadi. Loyihaviy echimlar albatta ekologik ekspertizadan
o`tkazilishi kerak, ya`ni yaratilayotgan texnologik jarayonlar, mashina-uskunalar
va materiallar ularni joriy etishda xalq xo`jalik samarasi bilan birqatorda yuqori
ekologik xavfsizlik darajasini ta`minlashi kerak.
192
Atrof muhitning huquqiy me`yorlari turlaridan biri — qonun kuchiga ega
bo`lgan texnik me`yorlar va standartlardir (masalan, SanPin 0066-93. «Aholi
punktlarida havo sifatini nazorat qilish qoidalari»; GOST 17,0. 04-90. «Sanoat
korxonasining ekologik pasporti»).
Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan aholi punktlarida atmosfera havosini
ifloslantiruvchi moddalar chegaraviy yo`l qo`yiladigan kontsentratsiyasining
sanitariya me`yorlari tasdiqlangan, aholi punktlaridagi atmosfera havosini
ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash usullari ishlab chiqilgan, turar joy uylar
qurilishlarida yo`l qo`yiladigan shovqin darajasi qiymatlari, turar joy qurilishlari
hududida infratovush va past chastotali shovqinning yo`l qo`yiladigan darajasi
belgilangan. Gidrometerologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish bo`yicha davlat
qo`mitasi quyidagilarni ishlab chiqqan: Havoni muhofazalash chora-tadbirlarini
kelishish, ekspertizadan o`tkazish va loyihaviy echimlar bo`yicha atmosferadagi
ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga ruxsatnomalar berish to`g`nsidagi
yo`riqnoma, korxonalarning atmosfera chiqindilaridagi zararli moddalar
kontsentratsiyasini hisoblash metodikasi. «Noqulay meteorologik sharoitlarda
chiqindilarni tartibga solish», atmosferaning ifloslanishini hisoblashning
unifikatsiyalashgan dasturi (ekolog — 1992 yil. SNII proekt).
Respublikada tabiatni muhofazalash, tabiiy resurslardan ratsional
foydalanish va qayta ishlab chiqarish bo`yicha butun mas`uliyat Davlat tabiatni
muhofazalash qo`mitasiga yuklatiladi.
O`zbekiston tabiatni muhofazalash qo`mitasi qoshida atrofni muhofaza
qilish muammolarini chuqur tahlil qilish va ularni hal etish bo`yicha tavsiyalar
ishlab chiqish uchun olimlar, jamoat va davlat arboblaridan iborat jamoatchilik
kengashi tashkil elilgan. Davlat qo`mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
1. Atrof muhitning holati va foydalanish ustidan davlat nazorati, shu
jumladan, tabiatni muhofazalash me`yorlarini buzuvchi sanoat obektlarini
qurish va ishlatishni man etish huquqi berilgan;
2. Vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, tabiatdan
foydalanish sohasida yagona ilmiy-texnik siyosat ishlab chiqish va o`tkazish;
3. Ekologik me`yorlar, qoidalar va standartlarni tasdiqlash;
4. Yangi texnika va texnologiya, shuningdek korxonalar qurilish loyihalari
va rekonstruktsiyasi bo`yicha davlat ekologik ekspertizasini o`tkazish;
5. Moddalarni atmosferaga chiqarishga, chiqindilarni yo`qolishiga, suvdan
foydalanishga, atmosfera havosini ishlatishga, erlarni ajratishga, aholini
ekologiya bo`yicha tarbiyalashga ruxsatnomalar berish;
6. Tabiatni muhofazalash bo`yicha xalqaro hamkorlikni rejalashtirish va
amalga oshirish.
Tabiatni muhofaza qilish qonunini buzganlik uchun quyidagi choralarni
qo`llash ko`zda tutilgan:
— moddiy-tabiatni muhofaza qilish qonunini buzgan shaxslarga jarima
solish;
Ахборот ҳудудини ҳимоя қилиш миллий хавфсизликни ҳимоя қилишга тенг – лебедев
ТОШКЕНТ, 30 июн – Sputnik. Тошкентда бўлиб ўтган МДҲ халқаро экспертлар форумида ахборот ва кибер хавфсизлигини таъминлаш муаммоларини муҳокама қилишди ва ушбу соҳада ўзаро ҳамкорликни йўлга қўйишга келишиб олинди.
Унда сўзга чиққан экспертлар, бугунги кунда ахборот ҳудудини ҳимоя қилиш ўта муҳим вазифа эканини алоҳида таъкидлашди.
Шунингдек, МДҲ раиси ушбу мақсад йўлида, террорчилик ва экстремизмнинг янги кўринишларига қаршилик кўрсатиш ва ушбу соҳадаги муаммоларнинг барчасини ўрганиш мақсадида кенг имкониятларга эга бўлган Россия ФХХ сервис марказига МДҲ миқёсидаги базавий ташкилот мақомини бериш бўйича ишлар олиб борилаётганини қайд этди.
Бу борада Москвадаги ИИВ университети ахборот технологиялари ёрдамида амалга оширилаётган жиноятчиликка қарши кураш бўйича базавий ташкилот мақомини олгани мисол қилиб кўрсатилди.
Ундан ташқари Форумда қуйидаги мавзулар муҳокама қилинди:
Форум якунида иштирокчилар МДҲ ҳукуматлари учун инновацион ривожланиш стратегияси, жумладан ахборот ва кибер хавфсизлигини таъминлаш, ривожланишни ҳуқуқий, ташкилий ва техник жиҳатдан таъминлаш масалаларини самарали амалга ошириш бўйича рақамли иқтисодиёт, шунингдек, ушбу йўналишда ихтисослашган мутахассисларни тайёрлаш борасида амалий таклифларни ўз ичига олган якуний ҳужжатни қабул қилдилар.